02 noy 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Xabib haqidagi haqiqatni tan oldi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Xabib Nurmagomedov haqida fikr bildirdi.
Irlandiyalik jangchi o'zining Tvitter sahifasida o'quvchilarining savollariga javob berdi. Obunachilardan biri Xabibnnig jangchilik qobiliyati haqida savol berdi.
"Fenomenal jangchi-greppler. Hozir u bu sportda eng yaxshisi. Lekin menda bu uslubga munosib javob bor. Buni ularning o'zlari ham yaxshi bilishadi", — deya javob qaytargan Makgregor.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov 2018 yilning oktyabr oyida o'tkazilgan UFC 229 turnirining markaziy jangida Konor Makgregorni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar