22 jan 07:41
Yangiliklar

Konor: "Xabib revanshga rozi bo'lishi uchun unda erkaklik tuyg'usi bo'lishi kerak, unda esa bu narsa yo'q"
"Uning so'nggi so'zlaridan men "yo'q" degan gaplarni tushundim. Xabib menga qarshi jang qilishni istamayapti, bunga aminman.
Meni diviziondagi vaziyat qoniqtiradi. Xabib bilan jangni xohlayman, lekin u rozi bo'lmayapti. Atrof to'la juda kuchli jangchilar. Men esa bekor o'tirishni xohlamayman.
Bizning kardda ajoyib janglar bor, masalan Maykl CHendler va Den Xuker o'rtasidagi jang. Neyt Diaz ham qaytmoqda. Men Xabibda qaytish uchun erkaklik hissi etishiga shubha qilyapman. Sababi, uning oldida bu ish noto'g'ri ekanligiga yaqqol misol - Daniel Kore bor. U ham revanshga rozi bo'lmagan va qaytib ikki marta mag'lub bo'lgan.
Xabib revanshga rozi bo'lishi uchun unda erkaklik tuyg'usi bo'lishi kerak, unda esa bu narsa yo'q. Men raqobatga tayyorman, ularni oldimga olib keling", - dedi Konor Makgregor.
Fikrlar