19 jan 16:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor: Xabib uchun butun bir turnir tashkil qilib berishdi. U esa faoliyatini yakunlab qo'ya qoldi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor amaldagi chempion Xabib Nurmagomedovning faoliyatini bu tarzda yakunlashidan norozi ekanligini bildirdi.
"Men aynan shu uchun bu erdaman. Men revanshga tayyorman. Qiziq, Xabib bu yog'iga nima qilar ekan? Qanday fikr bildirar ekan?
Dana Uayt uning kamarini olib qo'yishi mumkin edi. Lekin negadir u bu ishni qilmadi. Xabib uchun butun boshli UFC 254 turnirini tashkil qilib berishdi. U esa faoliyatini yakunlab yubordi. SHundan so'ng uning PPV savdolari tushib ketdi. Qanday qilib bunday bo'lishi mumkin? Bu biznes qoidalariga umuman to'g'ri kelmaydi", -dedi Konor Makgregor.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar