05 okt 18:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Xabibga: "Qochib ketibsanda, kalamush!"
Xabar berganimizdek, bugun Konor Makgregor hamda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Nomalum sabablarga ko'ra, Makgregor anjumanga kechikib keldi. Rossiyalik jahon chempioni esa irlandiyalik raqibini ortiq kutib o'tirmasdan, o'zi uchun atalgan savollarga javob qaytardi. Konor esa keyinchalik matbuot xodimlari qarshisida paydo bo'lib, kechikish sabablarini tushuntirdi.
“Bir necha daqiqagagina kechikdim. SHunga shuncha vahimami? Nima, meni kutib tura olmadimi? Ha, u qo'rqqanidan shunday qilgan. Men bilan yuzma-yuz ko'rishishdan cho'chigan. Mayli, vazn tashlash uchun ketaversin. Bu narsani shaxsan men xohlayapman. Bu kalamush o'zining soxta chempionlik kamari bilan qochib ketibdi. Ertaga kim haqiqiy chempion ekanligini ko'rsatib qo'yaman”, – dedi Makgregor.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar