06 okt 07:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor yoki Xabibni almashtirishi mumkin bo'lgan UFCchi malum bo'ldi
Konor Makgregor yoki Xabib Nurmagomedovdan biri bugun vazn meyorini bajara olmasa, yani qandaydir fors-major holati yuzaga kelsa, ularning birini zaxira jangchisi almashtiradi.
Konor va Xabib jang qilayotgan vaznda sobiq jahon chempioni amerikalik Toni Fergyuson aynan zaxiradagi sportchi sifatida elon qilindi. Bu malumotni UFC prezidenti Dana Uayt tasdiqladi.
“Birinchi galda Xabib va Konor belgilangan vazn meyorini bajarishlari shart. Bu majburiyat sportchilarning biri tomonidan bajarilmagan taqdirda Fergyuson katta sahnaga chiqadi”, - dedi Uayt.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar