08 okt 09:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Konorga hujum uyushtirganlar endi UFCda jang qilmaydi!
Aralash qoidalar bo'yicha UFC prezidenti Dana Uayt Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o'rtasidagi mojaroli jangni muhokama qildi.
“Konorga oktagonda hujum qilganlar albatta jazosini oladi. “Qafas”ga tushganlar endi UFC bayrog'i ostidagi janglarda ishtirok etishmaydi. Jangdan oldin ikkala jamoa azolari bilan gaplashib, bahs yakunlanganidan keyin oktagonga hech kim tushmasligi, birgina men tushishimni kelishib olgandik. Lekin ular bu kelishuvga amal qilishmadi.
SHunday ekan, ko'rilajak choralar keskin bo'ladi. Jangdan oldin bo'lgan “tosh otishlar”ga jiddiy etirozim yo'q. Bu biznes. Men 18 yildan beri shu sohada ishlab kelyapman. Sportchilarning jang oldidan bir-birini haqorat qilishi avval ham bo'lgan, bundan keyin ham bo'ladi”, - dedi UFC prezidenti.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar