09 okt 11:49
Yangiliklar

Konorning murabbiy: “Men Xabibning holatini tushunaman”
Nurmagomedov jang yakunlanganidan so'ng oktagonni tark etib, Konorning jamoadoshlariga tashlangan edi.
“O'ylaymanki, Nevada shtati Sport komissiyasi Xabibga nisbatan qattiqqo'l munosabatda bo'lmaydi. Men bu gaplarni revansh jangiga ega bo'lish uchun gapirmayapman. SHunchaki, menga Xabibning janglarini tomosha qilish yoqadi. Uning o'sha paytdagi holatini tushunishga harakat qilyapman.
SHuningdek, Kavana Dillon Danisning provokacion munosabatiga ham to'xtaldi:
“Danis Xabibga hech narsa demadi. Men uning shundoqqina yonida turgandim. Dillonning nima qilayotganini ko'rmagandirman, lekin hamma gaplarini eshitib turgandim. Video takrorni ko'rganimda Danis Xabibni yoniga chorlagandi. Bu jangning shunchaki ahmoqona yakuni bo'ldi. Lekin men Xabibni ayblamayman. U xatto Dillonga zarba ham tushirmadi”, - dedi Kavana.
Fikrlar