So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

19 iyu 15:48
Yangiliklar

Taekvondo

Korea Open. Taekvondochilarimizdan ketma-ket uchta medal!

Teglar :  Taekvondo
Janubiy Koreyaning Jeju shahrida taekvondo WTF bo'yicha Korea Open reyting musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Unda 55 mamlakatdan 1400 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Etiborlisi, musobaqaning bugungi kuni sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechmoqda.

Bahslarda -49kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Madina Mannopova musobaqa davomida Qozog'iston (13:10), Janubiy Koreyaning ikki vakilini (10:1, 11:4) hisoblarida mag'lub etdi. Yarim finalda esa vetnamlik taekvondochiga 8:11 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va bronza medali bilan kifoyalandi.

-48kg vaznli sportchilar o'rtasida o'tkazilgan bahsda esa Jahongir Xudoyberdiev ketma-ket uch nafar mezbon sportchini (31:27, 21:1, 19-17) mag'lub etdi va finalga yo'l oldi. Hal qiluvchi bahsda esa u taylandlik kuchli raqibga mag'lub bo'ldi va kumush medal sohibiga aylandi.

-51kg vazn toifasida musobaqada qatnashgan Ulug'bek Rashitov dastlabki ikki jangida taylandlik raqiblarni (21:8, 19:15) mag'lub etdi. So'ngra mezbon sportchidan 23:1 hisobida ustun keldi. Hal qiluvchi jangda esa u boshqa bir koreyalik sportchini 31:4 hisobida mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. Qayd etib o'tish lozimki, Ulug'bek Argentinada bo'lib o'tadigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlarida ham yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Musobaqa davom etmoqda. Hali ko'plab sportchilarimiz «Korea Open»da sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing