So’nggi yangiliklar

16:51Нидерландия ЖЧ-2026 ни бойкот қилиши мумкин: 170 мингдан ортиқ имзо тўпланди! 0 16:30Сузувчиларимиз Тожикистондаги халқаро турнирда 45 та медални қўлга киритишди 0 16:08Долидзе: "Рози эмасман..." 0 15:49Фомин Хитой турнирини ғалаба билан бошлади 0 15:30"Реал"да масхарабозлик: Клуб шифокорлари юлдузларни бепул ChatGPT орқали "даволашган"! 0 15:15Акбар Жўраев номидаги спорт мактаби очилди (ФОТО) 0 14:52Ҳасанбой Дўсматовнинг кейинги рақиби аргентиналик боксчи бўлади — boxrec 0 14:25Синхрон сузувчиларимиз Париж Жаҳон кубогида қатнашади 0 14:01"Мени яхши кўрасизми ёки йўқ - барибир UFC чемпиони бўламан!" - Евлоев 0 13:40"У АПЛдаги энг яхши ҳимоячилардан бирига айланмоқда": Британия нашри Ҳусановнинг ўйинини юқори баҳолади 0 13:19Али Абдел-Азиз: "UFC'да биринчи марта Мовсарни мақташди" 0 12:58"Ёмон жанг". Дана Уайт ғалабали жангни танқид қилди 0 12:37"Ҳеч ким ҳатто яқин ҳам кела олмайди". Бенавидес замонавий бокснинг энг яхши жангчисини айтди 0 12:16Винисиус "Реал"да қоладими? 0 11:55Тажудинов Снайдерга, Царукян Пулласга қарши 2. RAF 7 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0

28 iyu 14:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Koreyada jang o'tkazadigan bokschilarimiz tarozidan muvaffaqiyatli o'tishdi + FOTO

Ertaga Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahrida professional boks kechasi o'tkaziladi.

FW1 promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu boks oqshomida "Favzul Munavvar" promouterlik klubining 5 nafar charm qo'lqop ustasi ham ringga ko'tariladi. 

Avval xabar berganimizdek, kechaning markaziy jangida hamyurtimiz SHahzodbek SHarobiddinov (5-1) koreyalik Son Kvan Liga qarshi ringga chiqadi. O'n raundlik jang g'olibi WBA Asia kamariga ega bo'ladi. 

Bugun bokschilar tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. SHahzodbek belgilangan vazn (57.15 kg) meyorini birinchi urinishdayoq bajardi. U roppa-rosa 57 kg vazn qayd etdi. Kvan esa ikkinchi urinishda ortiqcha 600 gramm vazndan halos bo'la oldi.  

Afsuski, SHahbozbek Tolibjonovning jangi bekor qilindi. Boisi, uning filippinlik raqibi jarohat olgani bois, jangda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. Qolgan bokschilarimiz tarozidan muvaffaqiyatli o'tib olishdi. Doniyorbek Hayitalievning raqibi Abdulla Nig'matov asli o'zbekistonlik bo'lib, hozirda Koreya Respublikasi sharafini himoya qilmoqda.  


Ertangi jang juftliklari:

67 kg vaznda 4 raundlik jang: Doniyorbek Hayitaliev - Abdulla Nig'matov (Koreya Respublikasi) 

59 kg vaznda 6 raundlik jang: Sirojbek Ismoilov - In Ho CHoy (Koreya Respublikasi)

53.5 kg vaznda 6 raundlik jang: Husniddin Maraimov - In Su Jang (Koreya Respublikasi)

74 kg vaznda 6 raundlik jang: Egamberdi Nuriddinov - Dae Xyun Baek (Koreya Respublikasi)

57.15 kg vaznda 10 raundlik jang: SHahzodbek SHarobiddinov - Dong Kvan Li (Koreya Respublikasi)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing