19 apr 16:37
Yangiliklar

Kori Anderson Emelyanenkoga: "Sening kimligingga tupurib qo'yganman"
Anderson Bellator 277 turnirida rossiyalik Vadim Nemkovga qarshi kechgan jangdan so'ng shu mavzudagi savolga javob bergan.
"Emelyanenko yonimga kelib: "Bugun g'alaba qozonmading. Sen bosh bilan zarba yo'llading" deb aytdi. Fyodor, nimalar deyapsan? Bu bilan nima demoqchisan? Men sening bolangni mag'lub etmadimmi?
"Men o'sha vaziyatda Nemkovning o'rnidan turishiga yordam berdim va bu kutilmagan holat ekani, atayin qilinmaganini aytdim. Bu baxtsiz vaziyat va bunda hech kimning aybi yo'q. Emelyanenko esa buni tan olgisi kelmayapti. "Sen afsonamisan yoki boshqasi, ochig'i bunga tupurib qo'yganman", – deya Andersonning so'zlarini keltirmoqda TMZ.
Eslatib o'tamiz, Nemkov va Anderson o'rtasidagi chempionlik jangi shanba kuni Bellator 277 turniri doirasida o'tkazilib, unda Kori boshi bilan Vadimga zarba yo'llagandi. Natijada hakamlar ushbu jangni o'tkazilmagan deb topishgandi. Jang to'xtatilguniga qadar durang natija qayd etilayotgandi.
Fikrlar