27 dek 08:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Korme Jon Jons og'ir vaznda yuzlashadigan ehtimoliy muammo haqida gapirdi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Korme Jon Jons oldida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar haqida gapirdi.
"Hozir og'ir vazndagi chempion - monstr! Bizda Siril Gan misolida huddi engil vaznlilar kabi harakat qiladigan yigitlar bor. Tuivasaning intervyusini ko'rgan bo'lsangiz, u Ganning tezligini tushuna olmay qolgani haqida gapirdi.
Bir necha yil oldin Jons qafasdagi raqiblar bilan bemalol jang o'tkazardi. Ammo hozir barchasi o'zgardi. Hozirgi yigitlar - atletlar. Ular NFLdagilarga o'xshashadi. Ular shuningdek urishishadi ham", - dedi Korme.
Havola :
Fikrlar