22 jan 16:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Korme Ngannu va Fyuri haqida: "Yakkakurashlar tarixidagi eng vahshiy nokautchilar"
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme eng kuchli nokautchilar haqida gapirdi.
"Mening birinchi tanlovim - og'ir vaznda UFC chempioni Frensis Ngannu! Uning oktagonda nimalar qilishini ko'rganman. Bir necha yil oldin u apperkot zarbasi bilan Alister Overimni chuqur nokautga tushirib qo'ygandi. Ngannu Miochichni ham shu ko'yga solgan.
Ikkinchi tanlovim esa boks bo'yicha og'ir vazn chempioni. U boksdagi Ngannu, yani Tayson Fyuri! Bu yigitning zarbasiga keladigan bo'lsak, u sizni har doim ham bitta zarbada uxlatib qo'yavermaydi. Ammo, Fyuri raqiblari uchun o'sha tunni qanchalik ayanchli yakunlashni juda yaxshi biladi.
SHunday qilib, Ngannu va Fyuri men uchun yakkakurashlar tarixidagi eng vahshiy nokautchilar", - deydi ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Korme.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar