04 okt 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Kosta Adesanyaga: Bas qil, men seni o'ldirishni istayman!
UFC jangchisi Paulo Kosta o'rta vazn chempioni Israel Adesanyaning do'stligini qabul qilmoqchi emas.
"Menga do'stona xatlarni yuborishni bas qil! Men sen bilan do'st bo'lishni istamayman. Seni o'ldirishni xohlayman. Jangga qadar ahvolim yaxshi emas edi. Bahona qilish niyatim yo'q, lekin senga qarshi jangga qadar jarohatim bo'lgani bor gap. Menga revansh kerak, seni kamaringni tortib olaman", - dedi Kosta.
Eslatib o'tamiz, UFC 253 kechasida Israel Adesanya Paulo Kostani ikkinchi raunddayoq mag'lub etishni uddalagandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar