06 iyu 09:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Kosta hamshiraning suratini joylab, navbatdagi raqibini "troll" qildi + FOTO
UFC jangchisi Paulo Kosta hamshira bilan yuzaga kelgan holat bo'yicha yana bir bor fikr bildirdi.
Bu safar braziliyalik yakkakurash ustasi hamshiraning suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylab, bu orqali uning yuziga hech qanday shikast etkazmaganini tushuntirmoqchi bo'lgan. Va qo'shimchasiga kelgusi raqibi bo'lgan Lyuk Rokxoldni "troll" ham qilgan.
"Ular meni hamshiraning jag'iga musht tushirdi, deb aytishdi. Uning jag'iga qarang. Aytishim mumkinki, uning jag'lari Lyuk Rokxoldnikiga qaraganda kuchliroq", - deya suratni izohlagan Kosta.
Avvalroq, Kostaning hamshiraga musht tushirgani va buning natijasida hibsga olingani haqida xabar berilgandi. Ammo, Pauloning o'zi bu xabar feykligi, ayni damda ozodlikda ekanini aytib o'tgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar