22 dek 08:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Kostya Czyu: "Joshua - Pol kabi janglar boksni buzadi"
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konstantin Czyu professional bokschilarning shou-biznes vakillari bilan janglar tashkil etilishini maqullamaydi.
"Joshua va Pol o'rtasidagi qarama-qarshilik jiddiy emas. Men eski formaciyadagi bokschiman, bu masxarabozlikka qaragim kelmayapti. Kimdir bunday janglar boks sanoati uchun oldinga tashlangan qadam deb hisoblaydimi? Oldinga qadam - Olimpiya chempioni bloger bilan jang o'tkazishimi? Men bu tartibsizlikka umuman qarshiman. Bunday janglar boksni buzadi", - dedi Czyu "Sport-Ekspress"ga bergan intervyusida.
Jang oldidan Jeyk Pol va Entoni Joshua taxminan 200 million AQSH dollarini o'zaro bo'lib olishi aytilgan edi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar