10 okt 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Kostya Czyuning kichik o'g'li prof ringdagi to'rtinchi jangini nokaut bilan yakunladi
Mashhur bokschi Konstantin Czyuning kichik o'g'li Nikita Czyu navbatdagi jangini o'tkazdi.
Avstraliyaning Nyukasl shahrida professional boks kechasi o'tkazildi. O'z hamyurti - Darken "Dinamit" Drayden bilan jang qilgan Czyu jangda nokaut evaziga g'alaba qozondi. Jang uchinchi raundda yakunlangan.
Bu kichik Czyu uchun prof ringdagi to'rtinchi g'alaba hisoblanadi. U joriy 2022 yilda 3 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Darkent esa ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar