14 jan 21:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalyov – Meliqo'ziev jangining ko'chirilgani aytilmoqda
Xabaringiz bor, 30 yanvar kuni Moskva shahridagi "Lujniki" arenasida professional boks kechasi o'tkaziladi.
Bu haqida tashkilotchilardan biri DAZN rasman elon qilgan edi. Lekin taniqli jurnalist va insayder Maykl Koppinjer o'zining Tvitter sahifasida hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev hamda sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov o'rtasidagi jang manzilishi o'zgarishi haqida yozgan.
Uning aytishicha, jang Moskva shahridan AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahriga ko'chirilgan, ammo jang sanasi 30 yanvarligicha qolgan. Aynan Indioda Meliqo'ziev, Jalolov, Madrimov, Ahmadaliev singari bokschilarimiz o'z mashg'ulotlarini o'tkazib, janglarga tayyorgarlik ko'rib kelishadi. Hozircha jangning ko'chirilishi borasida rasmiy malumot yo'q.
Havola :
Fikrlar