19 avg 08:51
Yangiliklar

Kovington Dana Uayt qanday qilib UFC jangchilariga erkinlik berishi haqida gapirdi
"Dana Uayt bizning etakchimiz, UFC prezidenti bo'lishni ajoyib tarzda uddalamoqda. U hech qachon kimningdir og'zini yopishga urinmaydi. Nimanidir gapirish yoki gapirmaslikni jangchilarning o'ziga qo'yib beradi.
Amerika futboli yoki NBA da sportchilar boshliqlari oldida nimani gapirishlari haqida oldindan hisobot berishadi. Agar ular kerakli gaplarni aytmaydigan yoki taqiqlangan so'zlarni gapirishadigan bo'lishsa, ularning etakchilari shunchaki amaldagi shartnomalarni bekor qilishadi. Dana esa sizga to'laqonli erkinlikni beradi", - deydi Kolbi Kovington.
Eslatib o'tamiz, Kolbi Kovington o'zining so'nggi jangini 2020 yil sentyabr o'yida o'tkazib Tayron Vudli ustidan texnik nokaut bilan g'alaba qozongandi.
Fikrlar