03 noy 14:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovington Usmanni nokaut qilishga vada berdi
Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamariga rasmiy davogar Kolbi Kovington chempion Kamaru Usmanga qarshi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
"Biz endigina Nyu-Yorkga etib keldik, bu erga o'zimizga tegishli bo'lgan narsani olib ketgani kelganmiz. Kamaru menga qarshi jang qilishni istamadi, undan kamar tortib olinishini bilganidan keyingina jangga rozilik berdi. Men shanba kuni Kamaruni nokaut qilaman", - dedi Kolbi.
Eslatib o'tamiz, Kamaru Usman va Kolbi Kovington o'rtasidagi revansh UFC 268 kechasining markaziy jangi bo'ladi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar