15 iyu 09:41
Yangiliklar
Dzyudo
Krasnoyarskdagi turnirni 5 ta medal bilan yakunladik, Azamatova chempion!
Rossiya Federaciyasining Krasnoyarsk o'lkasida yoshlar o'rtasida Vladimir Gulidov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro turnir yakuniga etdi.
Ushbu musobaqada Kamol Murodov murabbiyligidagi yoshlarimiz yurtimiz sport sharafini himoya qilishdi. Ikki kunlik bellashuvlarda dzyudochilarimiz 1 ta oltin, 4 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Ikkinchi kun dasturida Sabrina Azamatova -52 kg vazn toifasida musobaqa g'olibiga aylandi. U finalda belaruslik Diana Grigorenkoni taslim etdi. Zarina Jamalova va Fazliddin Rafikov esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medal
-52 kg: Sabrina Azamatova
Bronza medallar
-70 kg: Nigina Saparboeva
-73 kg: Muhriddin Marufov
-52 kg: Zarina Jamalova
+100 kg: Fazliddin Rafikov




Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar