20 noy 11:01
Yangiliklar

Krasyuk - Usik va Joshuaning revansh jangi haqida: Bir zarba hammasini hal qiladi
Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk o'z mijozining Entoni Joshua bilan revansh jangi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
«Joshua o'zgarishlar qila oladi. Asosiy dushmaning o'zing, degan yaxshi gap bor. Bu dushman ringda yoki sport zalida emas, balki bosh va yurakda mag'lub bo'ladi. Bu psixologiya, mentalitet, sizning munosabatingiz masalasi. Agar siz o'z maqsadingizga etibor qaratish uchun ongingizni qanday o'rgatish va fikringizni jamlashni bilsangiz, unda siz g'alaba qozonishingiz mumkin. Bitta zarba hamma narsani hal qiladi. 12 raund bor, shuning uchun jang taqdiri har qanday vaqtda o'zgarishi mumkin.
Endi Joshua uchun eng katta qiyinchilik - u Usikni emas, balki haqiqiy jangni taqdim etishi uchun nimani o'zgartirishi kerakligini tushunishdir», - dedi Krasyuk Boxing UK nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar