13 jan 16:54
Yangiliklar

Krouford Bob Arumni sudga berdi. Boks mafiyasi esa bunga munosabat bildirdi
Uch toifada jahon chempioni, yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishining amaldagi chempioni amerikalik Terens Krouford (38-0, 29 KO) Top Rank Boxing promouterlik kompaniyasi va uning rahbari Bob Arumni sudga bergani malum bo'ldi.
Terensning kutilmagan davosiga ko'ra, promouter «qora tanli jangchilarni targ'ib qilishga harakat qilmaydi va ularni kamsitadi».
Top Rank prezidenti o'z navbatida bunga munosabat bildirdi:
«Kroufordning Top Rank'ga qarshi davosi asossiz va uning irqchilikdagi qabih ayblovlari o'ylamasdan qilingan va asossizdir. Buni u va uning advokati biladi. Men butun promouterlik faoliyatim davomida qora, latino va boshqa rangli bokschilar o'rtasida chempionlik janglari o'tkazdim. Sud Krouford ishiga g'arazli tovlamachilik urinishi sifatida qarashiga shubham yo'q», - dedi Bob Arum.
Eslatib o'tamiz, Terens Arum bilan 2021 yilning noyabr oyida SHon Porter ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng darhol xayrlashgandi.
Fikrlar