22 sen 08:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Krouford kamarni bo'sh qoldirgan WBA tashkiloti reytingida Madrimov nechanchi o'rinni egallab turibdi?
Butunjahon boks assosiaciyasi (WBA) bokschilarning sentyabr oyi uchun yangilangan reytingini elon qildi.
Kuni kecha super yarim o'rta vazn toifasida tashkilot chempioni bo'lib turgan amerikalik Terens Krouford kamardan voz kechgani haqida xabar berilgandi.
WBA bayonotida aytilishicha, endi 30 yoshli germaniyalik Abbos Barau chempion hisoblanadi. U avgust oyida vaqtinchalik chempion unvoniga sazovor bo'lgandi.
Yangilangan reytingga ko'ra, yo'nalishning o'zbekistonlik sobiq chempioni Isroil Madrimov sakkizinchi o'rinda qayd etildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar