07 may 14:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Krouford Menni Pakyaoning ringga qaytishiga munosabat bildirdi
To'rt vazn toifasida jahon chempioni bo'lgan amerikalik bokschi Terens Krouford filippinlik afsona Menni Pakyaoning ringga qaytishi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Ko'ramiz, nima bo'larkan. Men Pakyao haqida "juda keksa" deb ayta olmayman. Agar u ringga chiqib, g'alaba qozonsa, odamlar boshqacha gapira boshlaydi. Bunday buyuk jangchiga qandaydir chegaralar qo'ymayman", - dedi Krouford.
Havola :
Manba : Fight Hub
Fikrlar