02 avg 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Krouford Spensning revansh jangi shartiga munosabat bildirdi
Bokschilar ikkinchi jangni boshqa vaznda o'tkazishlari mumkin.
O'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Terens Krouford Errol Spens bilan ehtimoliy revansh jangi haqida gapirdi.
Amerikalikning so'zlariga ko'ra, unga hamyurtining boshqa vaznda ikkinchi jang o'tkazishni xohlayotgani yoqadi.
"147 funt bo'lishi shart emas. Aytganimdek, noxush holatga tushib qoldim. Bu vazn toifasida barcha kamarlarni qo'lga kiritish men uchun juda qiyin bo'ldi, - deya Kroufordning so'zlarini keltirgan Boxing Scene.
Eslatib o'tamiz, Terens va Errol o'rtasidagi jang 29 iyul kuni AQSHning Nevada shtati, Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenasida bo'lib o'tgan va Krouford to'qqizinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar