27 may 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Krouford: "U men uchun har doim eng buyuk bokschi bo'lgan"
Prof boksning super yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Terens Krouford tarixdagi eng buyuk bokschi kim ekanini aytdi.
"Muhammad Ali. Ko'pchilik SHugar Rey Robinsonni eslaydi, lekin men uning janglarini ko'p ko'rmaganman — uning jang qilganiga juda ko'p bo'lgandi. SHunday bo'lsa-da, uning janglarini ko'rgan barcha SHugarning afsona ekanini aytadi. Ammo men uchun Muhammad Ali. Uning faqatgina ringdagi muvaffaqiyati uchun emas, balki insoniy poziciyalari uchun, xalqini himoya qilgani uchun. Hamma ham bunga qodir bo'lavermaydi", deydi Krouford.
Havola :
Manba : Boxing News 24/7
Fikrlar