03 iyu 12:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Kroufordga Konor bilan ikkita jang uchun 200 million dollar taklif qilishganmi? Sportchi javob berdi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Terens Krouford Konor Makgregor bilan jang uchun taklif qilingan gonorarlar haqidagi savolga javob berdi.
"Bu yolg'on. Xech qanday 200 million dollarlik taklif bo'lmagan. Biz videoqo'ng'iroq orqali suhbatlashdik, ular menga bir qancha g'oyalar taklif qilishdi. U erda Konor ham bor edi.
Men: "Yo'q, menga oyoq bilan zarba bermaysan, Konor" deb aytganman. Ammo xech kim menga "Mana senga 200 million, siz boks va MMA qoidalari bo'yicha jang qilasiz demagan". Bunday bo'lmagan. Agar o'shanda menga shunday taklif bo'lganida, men rozi bo'lardim. Nima uchun yo'q? Ammo hozir menga endi bu kerak emas. Lekin o'sha paytda bu juda yaxshi kelishuv bo'lardi", - dedi Krouford.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar