So’nggi yangiliklar

15:55Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум 0 15:33Шанхайдаги UFC турнири доирасида Марказий Осиё дербиси бўлиб ўтди 0 15:10"Бунда интрига бор". Махачев Топурия билан жангга қизиқмоқда 0 14:49Камрон Абдураззоқов Asian Cup 2025 кумуш медали совриндори 0 14:28Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди 0 14:07Чарльз Оливейра Илия Топурия энди кимга қарши жанг қилиши кераклигини айтди 0 13:46Нодирбек Якуббоевда яна ғалаба, у 61th Rubinstein Memorial чемпионлигига яқин! 0 13:25"Ҳозирда бу Илия учун энг актуал жанг". Махачев Топуриянинг навбатдаги рақиби ҳақида гапирди 0 13:04Суперлига. Бугун 20-тур якунланади 0 12:43Юнон-рум курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлди 0 12:22Гандбол. Тошкент мезбонлик қилаётган U-20 Осиё чемпионатида гуруҳдаги вазият қандай? (+жадвал) 0 12:01Ислам Махачев Хамзат Чимаев билан эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:40"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди 0 11:19Бугун Хитойда навбатдаги UFC турнири ўтказилади (тўлиқ кард) 0 10:58Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов очко олди 0

02 avg 17:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Kroufordning murabbiyi Spens ustidan qozonilgan g'alaba munosabat bildirdi

Yarimo'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Terens Kroufordning murabbiyi Brayan Makintayr o'z shogirdlarining Errol Spens ustidan qozongan g'alabasi haqida fikr bildirdi.

"Spens juda oddiy raqib. Uning eng fundamental bokschi ekanligini haqida aytgan intervyusini eslaysizmi? Uni bo'laklarga bo'lish mumkin, chunki birinchi raunddan keyin u juda sekin harakat qiladi.

Uning barcha janglarini tomosha qiling. U jeb bilan boshlaydi, lekin tanaga zarba yo'llasa, oyoqlari etib bormaydi. Uning oyoqlari bir-biridan juda uzoq. Yani u baland bo'yli bo'lsa ham o'zini past bo'yli qilib qo'ydi.

Ikkinchi raundda men Terensga: "Bu yigit sen kabi tezkor emas. Qarshi hujumda imkoniyatlardan foydalan" dedim. U chap tomondan qarshilik qilib, so'ng zarba qo'shdi va shundan keyin u raqibni yiqitdi. Agar gong bo'lmaganida, ikkinchi raundda Spensni to'xtatishi mumkin edi. O'sha paytda Errolning yuzini ko'rdingizmi? U allaqachon tayyor edi. O'rnidan turib, go'ng ovozi eshitilishi bilan u titrardi. Agar Terensda yana bir daqiqa bo'lganida Errolni yo'q qilgan bo'lardi.

Agar Krouford va Spens birinchi o'rta vazn toifasida yana bitta jang o'tkazsa, Terens Errolga xuddi yarim o'rta vaznda qilgan ishni qiladi. Men sizga vada beraman", - dedi murabbiy.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing