So’nggi yangiliklar

13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0

17 okt 18:16
Yangiliklar

Boks/MMA

Kubaning Arlen Lopessiz qolishi, Endi Krus qaysi vaznda qatnashishi haqida suhbat

Teglar :  Arlean LopesKuba
Boks bo'yicha O'zbekiston va Kuba terma jamoalarining qo'shma yig'ini qizg'in davom etmoqda.

Mashg'ulotlardan so'ng Kuba jamoasining taniqli yulduzlaridan biri, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, 2 karra jahon chempioni Endi Krusni kichik suhbatga tortdik:

– Jahon chempionatida qaysi vazn toifasida jang qilasiz?

– Bu dunyo birinchiligiga -63.5 kg vazn toifasida tayyorlanayapman.

– Ko'pchilik sizni Olimpiadadan keyin vazn toifasini biroz ko'tarib, -67 kgda tushsa kerak deb o'ylagan edi. Vazn tashlashga qiynalmaysizmi?

– Bu men uchun juda qulay vazn toifasi. Negaki, tabiatan shunga yaqin vaznda yuraman. SHu bois hozir ham u qadar ko'p vazn tashlamayman.

– Bu vazndagi asosiy raqobatchilaringiz haqida qanday malumotga egasiz?

– Ochig'i, u qadar emas. Vazn toifalari o'zgargani uchun kimlardir ko'proq vazn tashlab, yana kimlardir vaznini ko'tarib bu toifada ishtirok etadi. Albatta, jahon chempionati bo'lar ekan, unga kuchsiz bokschi kelmaydi. Faqat avvallari men bilan bir vaznda tushib yurgan yigitlar haqida yaxshiroq bilaman.

– SHunday bo'lsa ham, kimlarning nomini aytib o'tgan bo'lardingiz?

– Boksda kutilmagan natijalar, yangi nomlar juda ko'p uchrab turadi. SHu bois, keling, kimnidir aytib o'tmayman. Takidlaganimdek, barchaga birdek kuchli raqibim deb qarayman.

Mehmonlarning malum qilishicha, Kuba jamoasi O'zbekistonga 8 nafar bokschi bilan tashrif buyurgan. Yana 4 nafari Gavanadan to'g'ri Belgradga yo'l olsa, jamoaning taniqli vakillaridan biri, 2 karra Olimpiada chempioni Arlen Lopes oilaviy sabablarga ko'ra musobaqada ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. Uning o'rniga boshqa sportchini ro'yxatdan o'tkazish vaqti tugagani uchun, -80 kg vazn toifasida ushbu jamoadan hech kim ishtirok eta olmaydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing