12 iyu 19:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Kubrat Pulev Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangi haqida: "Uni nokautga uchratadi"
Bolgariyalik bokschi Kubrat Pulev superog'ir vazn toifasida WVA Super, WVO, IBF va IBO chempioni ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Entoni Joshua o'rtasidagi revansh jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menimcha, Usik revansh jangida Joshuani nokautga uchratadi. CHunki Entonida g'alaba qozonish uchun imkon yo'q. Ha, o'zim ham Joshuaga mag'lub bo'lganman, sababi yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmagan edim. Bu mening aybim. O'shanda u bilan jang qilishga rozi bo'lganimdan afsuslanamanmi? Xa. Xozirda sog'lig'im ancha yaxshi va bu eng muhimi", — dedi Pulev iFL TV'ning Youtube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, birinchi jangda Aleksandr Usik hakamlar qarori bilan Joshuani mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar