14 iyu 09:19
Yangiliklar
Kudermetova mezbon raqib, dunyoning 37-raketkasiga ikkinchi setda munosib qarshilik ko'rsatdi
Xabar berganimizdek, ushbu turnirda mamlakatimizning ikkinchi hamda uchinchi raketkalari Mariya Timofeeva va Polina Kudermetova ishtirok etyapti. Kecha tunda 23 yoshli Kudermetova 1/16 finalda mezbon yurt vakilasi, dunyoning 37-raketkasi bo'lib turgan tajribali Mariya Sakkariga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setda o'ziga umuman o'xshamagan Polina 0/6 hisobida yutqazdi. Ikkinchi set esa tay-brekka qadar etib bordi va afsuski, unda ham tajriba o'z so'zini aytdi - 6/7(1).
Taqqoslash uchun, Polina jahon reytingida 109-o'rinni egallab turibdi. Har ikki tennischi ham 85 daqiqa davom etgan bahsda 3 tadan eys zarbasini amalga oshirishdi. Qo'shxatolar vakilamizda ko'proq bo'ldi - 5 ga 1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Pharmaceuticals Athens Open WTA 250 turnirining mukofot jamg'armasi 283,347 AQSH dollarini tashkil etadi.

Fikrlar