23 dek 19:42
Yangiliklar
Kutilganidek: Aleks Peresning 3 yil ichida o'n birinchi jangi bekor bo'ldi, bu safar ham Kay Kara-Fransga qarshi
O'ta engil vaznda UFC sobiq chempioni, yangi zelandiyalik Kay Kara-Frans (24-9-1) 2023 yilning 12 fevralida Avstraliyada tashkillashtiriladigan UFC 283 musobaqasi doirasida AQSH vakili Aleks Peres (24-7)ga qarshi oktagonga ko'tarilishi kerak edi. Biroq, Kay kecha jarohat olganini va bu jangda ishtirok eta olmasligini o'z Tvitter sahifasida malum qildi.
Qizig'i, agar UFC Peresga mazkur musobaqa doirasida boshqa raqib bermasa, Peres uchun bu 3 yil ichida bekor qilingan o'n birinchi jang bo'ladi.
Takidlash joiz, Kay Kara-Frans va Aleks Peres o'rtasida 2020 yil may oyida ham jang tashkillashtirilishi rejalashtirilgan va o'sha paytda ham jang bekor qilingan.
Kai Kara-France is injured and out of his fight against Alex Perez in Perth at #UFC284. (per KKF IG)
— Marcel Dorff ???????????????? (@BigMarcel24) December 22, 2022
Fikrlar