11 iyu 23:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Kutilganidek(mi?). Sabriel Matias ilk himoya jangini kimga qarshi o'tkazishini aytdi, bu SHohjahon Ergashev emas!
Super engil vazn toifasida IBF jahon chempionligi kamariga majburiy davogarligi aytilgan o'zbekistonlik SHohjahon Ergashev mazkur kamar egasi Sabriel Matias bilan 25 avgustga qadar jang qilishi lozim edi.
Biroq, IBF chempioni Matias keyingi jangini avval malum qilganidek, Sergey Lipinecga qarshi o'tkazadigan bo'ldi. Bu haqda Sabriel o'z Instagram sahifasida malum qilgan.
"Mening ilk himoya jangim sobiq jahon chempioni Sergey Lipinecga qarshi bo'lib o'tadi. Jang tez orada elon qilinadi", - deb yozgan bokschi.
Avvalroq, IBF tashkiloti Matias - Ergashev jangiga rasman buyruq bergani, jang 25 avgustga qadar o'tkazilishi zarur ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, keyinroq SHohjahon Ergashev oyog'idan jarohat olgani va Sabrieldan oldin yana bitta jang o'tkazib olishini elon qildi.
Havola :
Manba : instagram.com/subrielmatiaspr
Fikrlar