09 iyu 17:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Kutilmagan xabar! CHarlz Oliveyra Maxachevga qarshi jangdan bosh tortdi
Engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi CHarlz Oliveyra Islam Maxachevga qarshi bo'ladigan jangdan bosh tortdi.
Tashkilotchilar ushbu jangni 21 oktyabr kuni Abu-Dabida tashkil etishni reja qilishgandi. Biroq braziliyalik jangchi ushbu muddatga qadar tayyor bo'la olmasligini malum qilgan va ushbu jangni noyabr yoki dekabr oyiga ko'chirishni so'ragan.
“Ochig'ini aytganda men uchun oktyabr juda erta. Men noyabr yoki dekabrda jang qilishga tayyorman. Men kutishga tayyorman. SHunisi aniq men Abu-Dabida jang qilolmayman. Ko'ramiz UFC qanday qarorga kelar ekan”,-degan CHarlz Oliveyra.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar