01 fev 11:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan xabar! SHohasan Mirzamatovning Toshkentdagi jangi bekor qilindi
Taniqli MMAchimiz SHohasan Mirzamatov fevral oyida jang qilmaydigan bo'ldi.
Mirzamatov 19 fevral kuni Toshkentda Octagonleague hamda U1 tomonidan tashkil etiladigan oqshomda oktagonga chiqishi kerak edi. Biroq Mirzamatov malum sabablarga ko'ra, ushbu turnirda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda sportchi "Instagram"dagi sahifasi orqali malum qildi.
«19 fevral kuni Octagonleague'da jang qilishim kerak edi, lekin ishtirok etolmaydigan bo'ldim. SHaxsiy muammolarim va hujjat ishlarim tugamaganligi uchun bu turnirini o'tkazib yuborishga majburman. Nasib qilsa, mart oyida jang qilaman», - deb yozdi Mirzamatov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar