24 jan 13:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Kutilmagan xabar. SHohjahon Ergashev faoliyatini yakunlayapti
Hali faoliyati davomida mag'lubiyat nima ekanligini bilmay kelayotgan bokschimiz SHohjahon Ergashev faoliyatini yakunlayotganini elon qildi.
«Uzoq vaqt uyda bo'lmadim, va otam meni uyga kelishimni so'radi. Otam bilan juda ham ko'p suhbatlashdik, oz bo'lsa ham bosib o'tgan yo'llarimizni yodga oldik. Man 29 yoshdaman va bugun birinchi marotaba otam sportdagi faoliyatimni yakunlashimni so'radi. Hamma narsani bosh va oxiri bo'lganiday sport ham abadiy emas. Meni qo'llab quvvatlagan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman! Men hayotimda yangi sahifa ochyapman! Boksni butkul tashlamayman va bir kun yana ringda bo'lsam faqatgina o'zim uchun ringda bo'laman. O'zimni yangi sohada sinab ko'raman,ammo bu sport sohasi emas. Barcha omad!»,-deb yozib qoldirgan bokschimiz o'zining Instagram sahifasida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar