14 iyu 16:06
Yangiliklar

"Lanati mustamlakachi!". Adesanya Bispingni irqchilikda aybladi
Malumot uchun, Bisping UFC 275 musobaqasida sharhlovchilik vazifasini bajardi. U Valentina SHevchenko va Taila Santos jangida, Valentinani Nik Diazning Pride 33 turniridagi usulini qo'llashga uringanini aytdi, biroq Diazning yaponiyalik raqibi ismini to'g'ri talaffuz qila olmadi.
"Albatta, Takanori Gomi, Akixiro Gono, nima farqi bor. Bu irqchilik. Maykl, bu haqiqiy irqchilik. Sen lanati mustamlakachisan!", - deya Israelning so'zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.
Avvalroq, Israelning navbatdagi jangi tasdiqlangani hamda uning UFC'da eng ko'p muxlisga ega jangchi ekanligi haqida xabar bergan edik.
Valentina SHevchenko va Taila Santos o'rtasidagi jang highlights'ini saytimizning telegram kanalida tomosha qilishingiz mumkin!
Fikrlar