So’nggi yangiliklar

15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0

05 may 20:15
Yangiliklar

Boks/MMA

Lazizbek va Abdumalikda g'alaba, Jasurbek esa kuchli bokschi oldida chorasiz qoldi. Jahon chempionatining beshinchi kuni yakunlandi!

Toshkentda o'tkazilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining beshinchi kuni yakunlandi.

Bugungi kun doirasida uch nafar o'zbekistonlik bokschi jang qildi:

Kunduzgi dasturda:

-92 kgda 1/16 final jangi: Lazizbek Mullojonov - Marlo Xartado (Kolumbiya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

Kechgi dasturda:

-57 kgda 1/16 final jangi: Abdumalik Xalokov - Kevin Alikok (Gayana), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

-80 kgda 1/16 final jangi: Jasurbek Yo'ldoshev - Huseyn Iashish (Iordaniya), (Hakamlar qarori bilan).

SHunday qilib, O'zbekiston ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Jasurbek Yo'ldoshevning keyingi faoliyatiga omad tilagan holda, ajoyib jang uchun minnatdorchilik bildiramiz.

MATNLI TRANSLYACIYA

20:02. Afsuski, ilk mag'lubiyat O'zbekistonda. Ammo Jasur "ko'cha tili" bilan aytganda "dostoynyy" jang qildi.

19:57. Ikkinchi raunddan so'ng hisob 4:1, hamyurtimiz foydasiga. Ana bo'lmasa)

19:52. Ilk raund yakunlandi, hisob - 3:2 raqib foydasiga.

19:49. Jasurbek Yo'ldoshevning iordaniyalik raqibiga qarshi jangi start oldi.

19:26. Endi navbat Jasurbekka! Yana bitta jangdan so'ng B ringida.



19:04. O'zbekistonning g'alabalari davom etadi. Abdumalik Xalokov ham ilk jangini g'alaba bilan boshladi.

18:59. Jangning ikkinchi raundi ham tugadi. Abdumalik ancha o'ziga ishongan holda harakatlanmoqda, va bu o'z samarasini ham bermoqda. Ammo, shunday bo'lsa-da, gayanalik bokschi ham o'zini yo'qotib qo'yayotgani yo'q. Hisob 4:0, Xalokov oldinda.

18:54. Birinchi raund yakunlandi, hisob 4:1, Abdumalik foydasiga.

18:50. Kun doirasidagi ikkinchi bokschimiz o'z jangini o'tkazish uchun ringga chiqmoqda. Abdumalik Xalokov - Kevin Alikok.

16:10. Kundazgi dasturdan o'rin olgan janglar yakunlandi. Ikki soatlik tanaffus elon qilindi arenada.



16:08. Jang yakunlandi, chiroyli va ishonchli g'alaba Lazizbekda. Hamyurtimiz nimchorak final masalasini hal qildi.

16:04. Nisbatan sokinroq o'tgan ikkinchi raund ham yakuniga etdi. Hisob 5:0 ekanicha qolmoqda.

16:00. Birinchi raund yakunlandi, to'liq ustunlik Lazizbekda. Hisob ham shunga yarasha - 5:0.

15:56. Mullajonovning jangi start oldi.

15:55. Lazizbek Mullajonov nimchorak final yo'lida ringga chiqib kelmoqda.

15:44. Yana bitta jangdan so'ng Lazizbek ringga chiqadi.

15:30. Assalomu alaykum, qadrli boks muxlislari. JCHning beshinchi kuni doirasidagi o'zbek bokschilarining ishtiroki start olish arafasida.

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
05 may 20:53:24
.Sherzod.
Jasurbek yaxshi ishladi g‘alabani unga bersayam etiroz bo‘lmas edi, xali yosh bokschi bu 80 og‘irlikda yaxshi umidli sportchi yetishib chiqyabdi, Osiyo o‘yinlarida oltin medalga asosiy nomzod bo‘lib boradi. Odiljon oldingi musobaqada bunga yutqazgan bo‘ldi endi Odilni bezovta qilish keremas yaqinda 38 yoshga kiradigan bolani xavaskorda olish keremas profda janglarini davom ettirsin
+1   
05 may 20:33:21
Boks
Bu bola ozi oldingi jangidayam sporni galaba qigandi chiqib ketgani adolatli boldi, endi termaga olmaslik kerak
   
05 may 20:59:07
Tursun Ganiev
Нима булганда хам Узбекистан чемпион Одилжонни олиш керак эди. Хато танлов натижаси курсатиб турибди.
   
05 may 20:55:07
Tursun Ganiev
Одилжон Аслоновни олиш керак эди. Одилжон Узбекистан чимпиони эди. Хато танлов булгани билинди. Жасур ютказди.
-1   
05 may 20:53:24
.Sherzod.
Jasurbek yaxshi ishladi g‘alabani unga bersayam etiroz bo‘lmas edi, xali yosh bokschi bu 80 og‘irlikda yaxshi umidli sportchi yetishib chiqyabdi, Osiyo o‘yinlarida oltin medalga asosiy nomzod bo‘lib boradi. Odiljon oldingi musobaqada bunga yutqazgan bo‘ldi endi Odilni bezovta qilish keremas yaqinda 38 yoshga kiradigan bolani xavaskorda olish keremas profda janglarini davom ettirsin
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing