So’nggi yangiliklar

19:03"Шон ютишига умид қиламан". Алекс Перейра Стриклендга маслаҳат берди 0 18:42Конкур бўйича халқаро турнир якунланди 0 18:21"Реал" Гарсияни 60 миллион евро эвазига қўйиб юборишга тайёр 0 18:00Энг кучли қиличбозларимиз Тошкентда жам бўлишди 0 17:39UFC рейтинги янгиланди. Учта вазндаги ўзгаришлар бир саҳифада 0 17:18Istanbul Open. Тимофееванинг ҳам юриши бошланди 0 16:57Кунья МЮ Чемпионлар Лигасига чиққанидан кейин дадил баёнот берди 0 16:36"У "стойка"да ҳам Стриклендни таслим этиши мумкин". Чимаевнинг спарринг шериги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 16:15The Ring. Иноуэ янгиланган рейтингда пешқадамга айланиб олди 0 15:54Усик — Бенавидес жанги ўтказилиши мумкин 0 15:33"Реал" ҳимоячиси узоқ муддатга сафдан чиқди 0 15:12Чимаев: "Стриклендни ҳар куни дўппослардим, балки Шон бундан хафа бўлгандир" 0 14:51Камшибек Конкабаев шу ҳафта проф боксда жанг қилади 0 14:30Яхши янгилик: Велоспортчимиз "Giro d’Italia" нуфузли турнирида иштирок этади 0 14:09Чемпионлик пойгаси авжида. "Арсенал" ва "Ман Сити"нинг АПЛдаги тақвими қандай? 0

03 okt 12:54
Yangiliklar

Boks/MMA

Lennoks Lyuis Usikka mag'lubiyatsiz ketishni maslahat berdi

Superog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Lennoks Lyuisning fikricha, kamarlarning amaldagi sohibi Aleksandr Usik boksda uzoq qolib ketmasligi kerak.

Ayniqsa, u o'z faoliyatini davom ettirish uchun kuchli ichki ehtiyojni his qilmasa.

"Inson qachon dam olishini o'zi hal qilishi kerak, - dedi Lyuis Sky Sports’ga bergan intervyusida. - U bu turtkini, ketish istagini sezishi kerak. Men senga aytaman: istagan vaqtingda ketaver, lekin buni men qilganimdek, cho'qqida turib amalshga oshir. Albatta, bu juda qiyin, chunki sen boksda eng yaxshi bo'lishni, barcha kamarlarni ushlab turishni va birinchi raqamli bo'lishni xohlaysan. Unutma, har doim bu vaziyatni o'zgartirmoqchi bo'lgan raqiblar bor. Ular kutishyapti, seni engishni istashyapti, har biri seni mag'lub etgan birinchi bokschi bo'lishni xohlashyapti. SHuning uchun, cho'qqida turib ketish haqida qayg'urish kerak".

Eslatib o'tamiz, Lennoks Lyuis 2003 yilda WBC chempionlik kamari sohibi sifatida faoliyatini yakunlagan edi. Bungacha u promouter Don King hamda sankciya beruvchi tashkilotlar bilan kelishmovchiliklar tufayli yo'qotgan WBA va IBF kamarlariga ham egalik qilgan (o'sha paytda WBO kamari unchalik obro'li hisoblanmagan).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing