24 mar 16:56
Yangiliklar
Leron Myorfi Diego Lopesga "vyzov" tashladi
Britaniyalik yarim engil vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar, uning rossiyalikka qarshi jangini tanqid qilgan Diego Lopes bilan oktagonda to'qnash kelishga qarshi emasligini bildirdi.
"Yo'q, Leron, biz bir xil emasmiz. Boshqa bunday qilma!", - deb yozdi Lopes ijtimoiy tarmoqda UFC Fight Night 270 turniridan keyin.
"Men uch raund qorovulxonada chalqancha yotmadim, og'ayni. Kel, keyingi safar ikkimiz oktagonda to'qnash kelamiz", - deya javob berdi Myorfi braziliyalikka Evloev bilan bo'lgan jangini eslatib.
Leron Myorfi kuni kecha ko'pchilik ovoz bilan Movsar Evloevga yutqazgan bo'lsa, Diego Lopes yanvar oyida yarim engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritish uchun ikkinchi marta muvaffaqiyatsiz urinish qilib, hakamlarning yakdil qarori bilan Aleksandr Volkanovskiga yutqazgandi.
Ayni paytda braziliyalik hamda britaniyalik aralash yakkakurash ustalari tashkilotning yarim engil divizioni reytingida mos ravishda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallab turibdi. Lopes 14 iyun kuni Oq uydagi turnirda amerikalik Stiv Garsiyaga qarshi jang o'tkazadi.

Fikrlar