21 okt 11:16
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/282621_220.jpg)
Leyla Fernandes Nanchanda bosh sovrinni ko'zlamoqda
Xitoyning Nanchan shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sayyoramizning 43-raketkasi bo'lib turgan Leyla Fernandes musobaqaning 1/2 finaliga yo'l oldi. Kanadalik tennis malikasi 83 daqiqa davom etgan 1/4 finalda WTA reytingining roppa-rosa 90-pog'onasida borayotgan belaruslik Aleksandra Sosnovichdan 6/3, 6/4 hisobida ustun keldi.
Leyla tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini tiklashga ham muvaffaq bo'ldi - 1:1. Fernandes 4, Sosnovich 1 ta eys zarbasini ijro etgan. Qo'shxatolar g'olib tennischida ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Breyklar soni bo'yicha ham Leyla ustunlikka erishdi - 4:2.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar