17 okt 17:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Liliya SHakirova UFC 254 turnirida jang qilish uchun Abu-Dabiga uchib ketdi
Avvalroq o'zbekistonlik MMAchi Liliya SHakirova UFC 254 turnirida jang qilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Liliya bugun ertalab Toshkent xalqaro aeroportidan Abu-Dabi tomon yo'l oldi. Sportchimiz Birlashgan Arab Amirliklariga borib koronavirus uchun test topshiradi.
Eslatib o'tamiz, UFC 254 turnirining asosiy kardida jang qilishi lozim bo'lgan Sintiya Kalvilyoda koronavirus aniqlangan. U Loren Myorfiga qarshi jang qilishi lozim edi. Endi esa Sintiyaning o'rniga o'zbekistonlik Liliya SHakirova Myorfiga qarshi oktagonga chiqadi.
Qayd etish lozimki, UFC 254 turnirining markaziy jangida Xabib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar