21 okt 13:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Lilya SHakirova UFC`dagi ilk matbuot anjumanida nimalar dedi?
UFC tashkilotning yangi jangchisi, o'zbekistonlik Liliya SHakirova ishtirokida matbuot anjumani tashkil etdi.
“Maqsadim Valentina SHevchenkoga qarshi chempionlik jangida ishtirok etib, UFC kamariga ega chiqish. Bo'lajak jangim bilan men tarixga kiraman, chunki men UFC'da jang qilgan ilk o'zbek qiz bola sportchisi bo'laman. Agar bu bahsda g'alaba qozonsam, tarixga kiraman. CHunki debyut jangda raqamli musobaqaning asosiy kardida g'alaba qozonish ko'p narsani anglatadi.
Menga qo'ng'iroq qilishganida, uxlayotgan edim. Avvaliga menga UFC'dan ekanligini aytishmadi. Ular faqatgina 57 kg vaznda zaxira jangchisi bo'lib, oktagonga ko'tarilishga rozimisan deb so'rashdi. Men ancha vaqtdan beri sport formamni ushlab kelayapman va bunga tayyorman dedim”, - dedi SHakirova.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar