13 may 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Linaresga qarshi jangda Lomachenko rekord qayd etdi
Xabar berganimizdek, bugun tongda ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko yana bir jahon chempioni Xorxe Linaresni 10-raundda nokautga uchratib, raqibiga tegishli bo'lgan chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
Uch yil avval yaponiyalik Kadzuto Ioka uchta turli vazn toifalarida jahon chempionligiga erishgandi. Buning uchun unga 18ta jang kerak bo'lgandi.
Lomachenko bugun ushbu rekordni yangiladi. Linaresga qarshi kechgan jang uning professional boks faoliyatidagi 12-jangga aylandi. Bu bilan u uchta vazn toifasida jahon chempionligiga erishdi.
Havola :
Fikrlar