28 may 07:22
Yangiliklar
Tennis
Lion (ATP). Artur Fis bosh sovrinni Franciyada olib qoldi
Franciyaning Lion shahri mezbonlik qilgan ATP turniri mezbon tennischining g'alabasi bilan yakunlandi.
ATP reytingida 112-pog'onada borayotgan franciyalik Artur Fis hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 28-raketkasi, argentinalik Francisko CHerundoloni mag'lub etishni uddaladi - 6/3, 7/5.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. To'qson to'rt daqiqa davom etgan bahsda Fis 2, CHerundolo 1 ta eys zarbani amalga oshirdi. Bu Fisning faoliyatidagi ilk ATP sovrini bo'ldi. U 250 reyting ochkosi va 85,605 evro mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. Yangilangan reytingda francuz 63-o'ringa ko'tariladi va Top-100da debyut qiladi. CHerundolo esa bir haftalik mehnatidan 150 ochko va 49,940 evro ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar