27 okt 09:46
Yangiliklar
![](/upload/storage/47525_220.jpg)
Lobov Tuxugov masalasida Qodirovning taklifiga javob berdi
Qodirov Lobovga chechenistonlik UFC sportchisi Zubayra Tuxugov bilan jang o'tkazish bo'yicha taklif bergan edi.
“Salom, hurmatli Ramzan Axmatovich! Video murojaatingiz uchun alohida rahmat aytmoqchiman. Bizning sportni kuzatib borayotganingizdan juda ham xursandman. Hamisha sportchilarni qo'llab-quvvatlab kelgansiz.
Sizning taklifingizni hurmat bilan qabul qildim. Faqat keling avval UFCning Zubayra bo'yicha qabul qiladigan qarorini kutaylik. Agar UFC Zubayrani chetlatsa, u holda sizning taklifingizni so'zsiz qabul qilaman. Siz tashkil qiladigan jangdan tushadigan barcha pullarni esa bolalar uyiga beraman. Yana bir bor etiboringiz uchun tashakkur. Hurmat bilan, Artyom Lobov!”, - deya o'zining Instagram tarmog'ida video murojaat qoldirgan Lobov.
Fikrlar