26 avg 08:14
Yangiliklar

Lomacheneko va Xeyni o'rtasidagi mutlaq chempionlik jangi qachon bo'lishi malum!
Promouterning so'zlariga ko'ra, agar ukrainalik Jemeyn Ortisni mag'lub etsa, engil vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun kurashish imkoniyatiga ega bo'ladi.
"Xeyni Kambosos bilan jang qilishi uchun, u Avstraliyada g'alaba qozonishi kerak. Revansh jangi o'tkazishga kelishib oldik. Vasiliy Lomachenko butun oilasi bilan AQSHga keldi. Loma Xeyni - Kambosos revansh jangidan bir-ikki hafta o'tib ringga qaytadi.
Umid qilamizki, u Nyu-Yorkdagi Madison Spuare Garden arenasida chiqish qiladi va u erda biz Ukraina xalqiga hurmat bajo keltiramiz. U Jemeyn Ortisga qarshi jang qiladi. Agar u bu jangda g'alaba qozonsa, 2023 yilning boshida biz katta jang tashkil qilamiz - Lomachenko — Xeyniga qarshi o'z kamarlarini qaytarib olishga harakat qiladi," - deya Arumning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Fikrlar