11 okt 08:14
Yangiliklar
![](/upload/storage/46588_220.jpg)
Lomachenko 4 yil birga ishlagan murabbiyi bilan hamkorlikni to'xtatdi
Aniqrog'i, ukrainalik jahon chempioni jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Sisilio Flores bilan hamkorlikning to'xtatdi. Ular to'rt yildan beri birgalikda ishlab kelishayotgandi.
“Men Vasiliy hamda uning otasi Anatoliy Lomachenkoga minnatdorchilik bildiraman. Biz ajoyib to'rt yilni o'tkazdik. Birgalikda jahon chempioni bo'ldik, chempionlik kamarini bir necha bor himoya qildik. Endi professional sportda shunday holatlar bo'lib turadi. Hech narsa abadiy emas. Vasiliyga keyingi faoliyatida ham omad tilayman”, - dedi Flores o'zining Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko 8 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida boshqa yo'nalish chempioni Xose Pedrasaga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tariladi.
Fikrlar