23 sen 20:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko: Ayash yo'q!
Engil vazn toifasida WBC, WBA, WBO kamarlari sohibi Vasiliy Lomachenko Teofimo Lopesga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
«Uni ayash niyatim yo'q. Agar kuchli va og'riqli zarbalar yo'llash imkoni bo'lsa, bu ishni qilaman. Bir yildan beri ringga ko'tarilmadim, hozir esa kuchga to'laman. Ancha yillardan beri shu maqsad uchun mashg'ulot olib bormoqdaman. Endi esa faqatgina bittagina qadam qoldi. Maqsadim: boksda o'zimni nomimni yozib qoldirish»,-dedi Loma.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko va Lopes o'rtasidagi jang 17 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar