12 may 17:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko chempionlik kamarini qo'lga kiritganidan so'ng fikrlarini bildirdi
Vasiliy Lomachenko bugun Jorj Kambososga qarshi kechgan jangda g'alaba qozondi.
Ukrainalik bokschi 11-raundda nokaut evaziga g'olib chiqdi va bu orqali engil vaznda vakant bo'lib turgan IBF kamarini qo'lga kiritdi.
Ushbu g'alabadan so'ng bokschi o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
"Jorj va uning jamoasiga rahmat aytmoqchiman. Ularning jamoasi juda xavfli. Albatta o'z jamoamga ham rahmat. Otam, oilam, bolalarim, do'stlarim. Boksni qo'llab-quvvatlayotganlarga tashakkur.
Men yana jahon chempioni bo'ldim. Bu kamar mening otam uchun. Bu jang otam uchun bo'ldi. U meni shug'ullantirgan, meni yaratgan. U bunga haqli. Uyimga qaytib, oilam bilan vaqt o'tkazmoqchiman", - dedi Lomachenko.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar